Ekspert klinikasi - bu yuqori malakali mutaxassislar jamoasi. Klinikaning shoshilinch tibbiy yordam bo'limi shifokorlari kutilmagan va nostandart vaziyatlarga tayyor bo'lib, sog'lig'ingizni asrash uchun qo'llaridan kelganicha harakat qiladilar.
Ekspert klinikasi qoshidagi Travmatologiya punktida birinchi va oliy toifali malakali travmatolog-ortopedlar tomonidan tez va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatiladi, rentgen xonasi, muolaja va amaliyot xonalari mavjud. Ekspert klinikasidagi shoshilinch tibbiy yordam bo'limining asosiy afzalligi eng zamonaviy asbob-uskunalar yordamida quyidagi diagnostika muolajalarini amalga oshirish imkoniyatidir:
Raqamli rentgen apparati;
Ekspert toifasiga kiruvchi ultratovush tekshiruvi apparati;
Zarur bo'lganda, bemorda magnit-rezonans tomografiya (MRT) va kompyuter tomografiyasi (KT) tekshiruvini o'tkazishadi;
Ekspert klinikasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi mutaxassislari quyidagi keng doiradagi xizmatlarni taklif etadi:
singan sohani repozitsiya qilish
yaralarni tikish,
chiqqan suyaklarni joyiga tushirish, kosmetik choklarni qo'yish,
gips yoki polimer qo'yish (plastik bintlar).
Shuningdek klinikaning travmatologlari quyidagi hollarda tez tibbiy yordam ko'rsatadilar:
Kesilgan yaralar;
Har qanday og'irlikdagi kuyishlar;
Bosh jarohati (yuz emas);
Sinishlar (yopiq/ochiq);
Chiqishlar;
Paylarning va mushaklarning cho'zilishi;
Tibbiy sabablarga ko'ra barcha kerakli tahlillarni darhol topshirishingiz mumkin. Bundan tashqari, Ekspert klinikasida reabilitatsiya muolajalari mavjud:
turli massaj turlari;
fizioterapiya;
ortopediya saloni ishlaydi (qo'ltiq tayoqlar, bandajlar, ortezlar)
manual terapiya;
igna- va refleksoterapiya.;